Bayram munosabati bilan pensiyalar oldindan to‘lab beriladi
Jamiyat
−
28 avgust 2023
34506O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan pensiya pullari oldindan to‘lab beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2023 yil 29-31 avgust kunlari ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
Shuningdek, pensiya va nafaqa naqd pul shaklida oluvchilarga to‘lovlar 2023 yil 4 sentyabr kun boshidan Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.
LiveBarchasi