Bayram kunlarida avtobuslar qatnovi qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Yangi yil bayrami kunlarida avtobus yo‘nalishlarining faoliyati qanday tashkil etilishi e’lon qilindi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJning Telegram-kanalida keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-270 son Farmoni va 2023 yil 22 dekabrdagi “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-213 sonli Farmoniga  binoan, Yangi yil bayram tadbirlarini nishonlash maqsadida, dam olish kunlarida avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

  • 2023 yil 30 dekabr, shanba–dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2023 yil 31 dekabr, yakshanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024 yil 1 yanvar, dushanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024 yil 2 yanvar, seshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024 yil 6 yanvar, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2024 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yangi yil avtobuslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made