Turkiya Ukrainaga “Bayraktar” dronini tekinga berishga qaror qildi

Olam

image
0:00
0:00
download
Peskov Rossiya “Bayraktar” droniga qiziqib qolganiga izoh berdi north_east

Peskov Rossiya “Bayraktar” droniga qiziqib qolganiga izoh berdi

Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi Polsha fuqarolari pul yig‘gan “Bayraktar TB2” hujumkor dronini Ukraina Qurolli kuchlariga bepul sovg‘a qiladi. Bu haqda turk kompaniyasi mablag‘ yig‘ishni tashkil qilgan polshalik jurnalist Slavomir Serakovskiyga ma’lum qildi.

“Dron uchun mo‘ljallangan 22,5 million zlotiy Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun jo‘natiladi va keragidan ortiqcha yig‘ilgan1,8 million zlotiy Ukraina Qurolli kuchlariga o‘tkaziladi”, degan Serakovskiy.

Eslatib o‘tamiz, turk kompaniyasi o‘z dronlarini Ukraina Qurolli kuchlariga birinchi marta tekinga topshirayotgani yo‘q. Bundan oldin litvaliklar Ukraina uchun “Bayraktar TB2” sotib olish uchun deyarli 6 million yevro yig‘ishgan. Kerakli summa yig‘ilgandan so‘ng, dron ishlab chiqaruvchisi uni Ukraina Qurolli kuchlariga tekinga berishga qaror qilgan.

24 iyun kuni ko‘ngilli Sergey Pritulani uch kun ichida ukrainaliklar to‘rtta “Bayraktar” droni sotib olish uchun 600 million griven yig‘ishganini bildirdi. Shundan so‘ng “Baykar” Ukraina Qurolli kuchlariga uchta “Bayraktar TB2” dronini tekinga berishga qaror qildi.

“Baykar” kompaniyasi TV2 uchun to‘lovni qabul qilmaydi va Ukraina frontiga 3 ta dronni bepul yuboradi. Buning evaziga yig‘ilgan mablag‘larni Ukraina xalqiga kurashda yordam berishga yo‘naltirishni so‘raymiz. Bizni bu hamjihatlik va yengib bo‘lmaydigandek tuyulgan qiyinchiliklarga nisbatan qat’iylik to‘lqinlantirdi”, deyilgandi kompaniyaning bayonotida.

Polshalik jurnalist Slavomir Serakovskiy 28 iyun kuni Ukrainaga “Bayraktar TB2” sotib olish uchun mablag‘ to‘plash haqida e’lon qildi va 24 iyul kuni kerakli miqdor – 22 million zlotidan (4,6 million yevro) ko‘proq yig‘ilgani ma’lum bo‘ldi.

19 iyul kuni esa norvegiyaliklar Ukrainaga “Bayraktar TB2” olish uchun pul yig‘ishni boshladi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, xayriyani yopish uchun Norvegiyaning har bir fuqarosidan 10 kron yig‘ish kerak bo‘ladi. Ular jami 55 million kron (taxminan 5,5 million dollar) yig‘ishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, “Baykar Makina” kompaniyasi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayroqdor oilasiga tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing