Baydenning vakolat muddati tugamasdan Uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin – Tramp
Olam
−
05 fevral
8216Uchinchi jahon urushi o‘z mas’uliyatini uddalay olmayotgan AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Baydenning prezidentlik muddati tugamasdan boshlanishi mumkin. Bunday fikrni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"To‘qqiz oy uzoq vaqt. Bu vaqt ichida bizda Uchinchi jahon urushini boshlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud, chunki kimdir o‘z majburiyatlarini bajarmayapti", deydi Tramp AQSHning hozirgi rahbarini nazarda tutib.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, dunyoda Bayden ustidan kulishadi va "hurmat qilishmaydi".
Qayd etish joizki, Tramp dunyo uchinchi jahon urushi yoqasida ekanini bir necha bor ta’kidlagan edi. Xususan, yanvar oyida siyosatchi Bayden o‘z siyosati bilan dunyoni do‘zaxga aylantirib, AQSHni qon to‘kilishiga olib borayotganini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. 2023 yil 25 aprelda Bayden eng yuqori hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashayotganini e’lon qildi. Undan oldin Tramp 2022 yilning noyabr oyida saylovoldi kurashiga kirishishini bildirgan va hozirda u Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashda favorit hisoblanadi.
LiveBarchasi