Baydenning uyi 13 soat tintuv qilindi

Olam

image

AQSH Adliya vazirligi xodimlari Prezident Jo Baydenning Uilmingtondagi (Delaver shtati) uyini tintuv qilishda maxfiy hujjatlarning yangi partiyasini topdi. Bu tergovchilar tomonidan topilgan maxfiy hujjatlarning to‘rtinchi partiyasi hisoblanadi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, qidiruv joriy yilning 20 yanvar kuni 13 soat davomida olib borilgan. Hammasi bo‘lib “maxfiy” va “tegishli materiallar”deb nomlangan oltita hujjat topilgan. Baydenning advokatiga ko‘ra, topilmaning bir qismi Bayden senator bo‘lgan davriga (u 1973 yildan 2009 yilgacha Delaver shtatining vakili bo‘lgan), ikkinchisi vitse -prezidentlik (2009 yildan 2017 yilgacha) vaqtiga to‘g‘ri keladi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Adliya vazirligi xodimlari Baydenning vitse-prezidentligi davridagi bir nechta qo‘lda yozilgan hujjatlarni olib ketgan. Qonunga ko‘ra, prezidentlar va vitse-prezidentlar o‘z lavozimidan ketgach, hukumat hujjatlarini Milliy arxivga qaytarishlari shart.

AQSH Prezidentining maxsus maslahatchisi Richard Zauberning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari va birinchi xonim Jill Bayden tintuvlarda qatnashmagan, tintuv advokatlar va Oq uy vakillari ishtirokida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, topilmaning birinchi partiyasi Baydenning shaxsiy kabinetidan 2009 yildan 2017 yilgacha u AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlagan davridagi maxfiy hukumat hujjatlari edi. Hujjatlarni Baydenning advokatlari Pensilvaniya universitetidagi Bayden diplomatiya va global hamkorlik markazida ofis maydonini bo‘shatganlarida qulflangan kabinetdan topgan.

Oq uy Bayden Vashingtondagi belgilangan binolardan 2017 yildan 2020 yilgacha ma’muriyatda ishlamagan paytda foydalanganini tan oldi. Prezidentning o‘zi esa ishxonasidan topilgan maxfiy hujjatlardan hayratga tushgani va ularning mazmunini bilmasligini aytgan.

Keyinchalik Amerika rahbarining yordamchilari Baydenning Uilmingtondagi uyining garajidan maxfiy hujjatlarning yangi to‘plamini topgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Shuningdek, davlat rahbarining huquqiy masalalar bo‘yicha maxsus maslahatchisi Richard Zauber Jo Baydenning mamlakat sharqidagi Delaver shtatining Uilmington shahridagi uyida maxfiy deb belgilangan yana besh sahifali hujjatlarni topib, ularni darhol Adliya vazirligiga topshirgan edi.

Topilgan hujjatlar yuzasidan joriy yilning 12 yanvar kuni AQSH advokati kotibi Amerika Prezidentiga tegishli maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlash ishini tergov qilish bo‘yicha Robert Xurni maxsus maslahatchi etib tayinlangani e’lon qilingan edi.

Shundan so‘ng AQSH Adliya vazirligi Prezident Jo Baydenga tegishli maxfiy hujjatlarni qidirish jarayonini kuzatish uchun Federal qidiruv byurosini jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Ammo tergovni murakkablashtirmaslik uchun bu g‘oyadan voz kechishga qaror qilgan, chunki vazirlik Prezidentning advokatlari bilan faol hamkorlikni o‘rnatgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing