Baydenning o‘g‘li Oq uyga kokain olib kirishda gumon qilinyapti
Olam
−
05 iyul 2023
5533AQSH Prezidentining qarorgohi bo‘lmish Oq uyda mahalliy vaqt bilan 2 iyulga o‘tar kechasi kokain narkotik moddasi topildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Qayd etilishicha, giyohvand modda Prezident qarorgohining g‘arbiy qanotidagi umumiy hududdan topilgan. Bu vaqtda davlat rahbari Jo Bayden oilasi bilan birga Kemp Devid dam olish maskanida bo‘lgan.
Shubhali modda topilishining ortidan Oq uyda qisqa muddatli evakuatsiya o‘tkazilgan. Maxfiy xizmat xodimlari oq kukunni biron bir ofisdan emas, sayyohlar kirishi uchun ruxsat etilgan qismdan topgan. Ommaviy axborot vositalari va turli ijtimoiy tarmoqlarda esa kokainning Prezident idorasidan topilishida Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden ayblanyapti. Boisi, kichik Bayden oldin ham bir necha bor giyohvand moddalar bilan bog‘liq holatlar markazida bo‘lgani aytiladi. Narkotik modda esa Bayden oilasi, jumladan, Xanter Bayden 30 iyun kuni Kemp Devidga dam olish uchun ketganidan ikki kun o‘tib topilgan.
Biroq, hozirda bu ish kim tomonidan sodir etilgani aniq emas. Rasmiylar kokain Oq uyga qanday qilib olib kirilganini tekshirmoqda.
Ma’lumot uchun, 52 yoshli Xanter Bayden ayni paytda uchta federal jinoyat – o‘qotar qurollarni noqonuniy saqlash va soliq bilan bog‘liq ikkita firibgarlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baydenning o‘g‘li Xitoy energetika kompaniyasidan 5 million dollar olganlikda ayblangandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15