Baydenning o‘g‘li Xitoy kompaniyasi bilan hamtovoqlikda gumonlanyapti

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Xitoyning CEFC energetika kompaniyasidan qariyb 5 million dollar olgan. Bu haqda kecha, 30 mart kuni “The Washington Post” nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat va sud hujjatlari, yaqinda e’lon qilingan bank ko‘chirmalari, shuningdek, 2017-2018 yillarda 14 oy davomida Amerika ma’muriyati rahbarining o‘g‘liga tegishli bo‘lgan noutbukda saqlangan elektron pochta xabarlariga ko‘ra, CEFC va uning rahbarlari Xanter Bayden hamda amakisi Jeyms Bayden nazoratidagi tashkilotlarga 4,8 million dollar o‘tkazgan.

Xususan, Xanter Bayden CEFC yetakchilaridan biri Patrik Xoga yuridik yordam ko‘rsatgani uchun 1 million dollar olgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, nashr Xanterning otasi Jo Bayden bu kelishuvdan naf ko‘rgani yoki bu haqda u 2020 yilda AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lishidan oldin bilgani haqida dalil topa olmagan.

Gazetaning yozishicha, Xitoyning AQSHdagi elchixonasi CEFC’ning Xitoy hukumati bilan aloqasi va Xanter Bayden bilan hamkorligi haqida izoh berishdan bosh tortgan. Kichik Baydenning amakisi Jeyms Bayden ham izoh bermagan.

Joriy yilning 26 mart kuni Britaniyaning “Daily Mail” gazetasi Xanter Baydenning elektron pochtasiga tayanib, u Ukrainada biologik loyihalar bilan shug‘ullangan Pentagon pudratchisiga xizmat ko‘rsatganini xabar qilgandi. 2020 yil oktyabr oyida Xanter Baydenning elektron pochta xabarlari OAVda paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov Xanter Baydenning Rosemont Seneca Thornton investitsiya fondi va Soros jamg‘armasi Ukrainadagi biolaboratoriyalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanganini iddao qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xanter Bayden

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made