Baydenning tarafdorlari undan yuz o‘girmoqda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerikaliklarning atigi uchdan bir qismi Prezident Jo Baydenni qayta saylanishga loyiq deb hisoblaydi. Uning partiyasidagi ko‘pchilik kelasi yilgi prezidentlikka nomzod sifatida boshqa odamni ko‘rishni xohlaydi. Bu haqda CNN xabar berdi. 

Gap shundaki, SSRS jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan saylovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unga ko‘ra, bor-yo‘g‘i 32 foiz ishtirokchi Baydenni prezidentlikka qayta saylanishga loyiq, deb hisoblaydi. Bu dekabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 5 foizga kam. Eng katta tushish yoshlar orasida kuzatilgan, ularning atigi 26 foizi amaldagi Prezidentni qo‘llab-quvvatlagan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Baydenga nisbatan bunday salbiy qarashlarga uning fe’l-atvori ham sabab bo‘lyapti. Jumladan, ishtirokchilarning 67 foizi uni prezident sifatida samarali xizmat qilish uchun chidamli emas, deb hisoblaydi. Shuningdek, unga nisbatan ishonchni uyg‘otmaydi (65 foiz), halol va ishonchli emas (65 foiz), oddiy odamlarga ahamiyat bermaydi (54 foiz) kabi tanqidlar ham mavjud. 

Amerikaliklarning 51 foizi Bayden Kongress bilan samarali ishlay oladimi, degan savolga “yo‘q” deb javob bergan.

Bundan tashqari, saylovchilarning 54 foizi 2024 yilda Demokratik partiyadan Baydendan boshqa nomzodni ko‘rishni istashini bildirgan. Ammo bu avvalgi so‘rovnoma natijalariga nisbatan bir muncha ijobiy. Chunki, bu ko‘rsatkich dekabr oyida 59 foizni, o‘tgan yozda esa 75 foizni tashkil etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi so‘rovnomada amerikalik saylovchilar Baydenni saylash uchun juda “qari”, Trampni esa “ahmoq” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Bayden Amerikaliklar tarafdorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing