Baydenning rafiqasi sahnada mulzam bo‘ldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Vashingtondagi Reygan institutida so‘zlagan nutqida o‘zini sharmanda qildi. Bunga uning mamlakat birligi haqidagi iborasidan keyin qarsaklar yo‘qligi sabab bo‘ldi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

U sahnada shtatlarga tashrifi haqida gapirgan va tomoshabinlardan qarsak kutib qolgan, biroq hech kim uning so‘zlariga reaksiya bildirmagan. 

"Men qizillar [respublikachilar] va ko‘klar [demokratiklar] shtatlariga bordim va bizni birlashtiruvchi umumiy qadriyatlar farqlarimizdan ko‘ra chuqurroq ekanligini aniqladim", degan siyosatchining rafiqasi sahnada.

Keyin u bir necha soniya jim qolgan va ajablanib, “hozir bo‘lganlar bunga qarsak chalishlari mumkin” deb aytgan. Bu tomoshabinlarning kulgisi va olqishlariga sabab bo‘lgan.

Siyosatchi va jurnalistlar orasida “AQSHni aslida Jill Bayden boshqaradi” degan ilmoqli gaplar yuradi. 
May oyi boshida Kongressning sobiq geosiyosiy tahlilchisi Brendon Vayxert eriga ta’siri tufayli AQSHning haqiqiy prezidenti birinchi xonim Jill Bayden deb aytgan. Mutaxassis “Politico” gazetasiga ismini oshkor etmagan manbaning bayonotiga tayanib, ayol erining Oq Uydagi uchrashuvlarida qatnashishi, hisobotlarni tinglashi va savollar berishini qayd etib o‘tgan. 

“Jill qarorlarni aytmaydi, balki suhbatni shakllantiradi va hamma narsa o‘zi kerak bo‘lganda rivojlanishini ko‘radi”, deya ta’kidlagan tahlilchi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing