Baydenning rafiqasi Putinga murojaat qildi
Olam
−
12 may 2022
39505AQSHning Birinchi xonimi Jill Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi vaziyat yuzasidan murojaat qildi. U o‘z murojaatini CNN telekanalida e’lon qilgan.
U Slovakiya va Ruminiyadagi ukrainalik qochqinlar va Ujgoroddagi ko‘chirilganlar bilan o‘tkazgan muloqoti taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan, shuningdek, Ukraina Prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan uchrashuvi haqida gapirgan.
“Urush ketayotgan hududni o‘zgarishsiz tark etib bo‘lmaydi. G‘amni ko‘z bilan ko‘rishning hojati yo‘q, chunki siz uni qalbingiz bilan his qilasiz. Qayg‘u - bu yuzni parda kabi qoplaydigan narsa”, deydi AQSHning Birinchi xonimi o‘zi uchrashgan ukrainalik onalarni tasvirlab.
Shundan so‘ng u “Janob Putin, iltimos, bu bema’ni va shafqatsiz urushni to‘xtating”, deya RF Prezidentiga murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning Birinchi xonimi Jill Bayden onalar kuni munosabati bilan Ukrainaning Ujgorod shahriga kelgandi.
LiveBarchasi