Baydenning eng yaqin maslahatgo‘yi kim ekani ochiqlandi
Olam
−
23 mart 2021
8906AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama bilan muntazam ravishda bir qator masalalarda muloqot qilib turadi. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qilgan.
Psakining fikriga ko‘ra, Bayden Obama bilan butun prezidentlik davrida aloqada bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, ko‘pincha ular telefon orqali suhbat o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida, Bayden Prezident bo‘lganidan so‘ng o‘z jamoasini tuzdi, ularning orasida oldin Obama ma’muriyatida ishlagan shaxslar ko‘pchilikni tashkil etardi. Jumladan, Ma’muriyat rahbari Ron Klayn, Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan, Moliya vaziri Janet Yellen va Davlat kotibi Entoni Blinken.
LiveBarchasi