Baydenning MO Prezidentlari bilan uchrashuvi Rossiyani jazavaga tushirdimi?

Olam

image

Rossiya BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasidagi AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bilan uchrashuvini kuzatib bordi, biroq Moskva uchun asosiysi mintaqa davlatlari bilan muloqotni davom ettirishdir. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Osiyo davlatlarining, albatta, AQSH bilan o‘z munosabatlari bor. Shubhasiz, bunday uchrashuvlarni o‘tkazish bu davlatlarning huquqidir. Biz, albatta, bularning barchasini diqqat bilan kuzatib boramiz. Biz uchun asosiysi bu emas, asosiysi – muloqotimizni davom ettirish”, degan Kreml voizi.

Peskov Rossiya va “Markaziy Osiyo beshligi” o‘rtasida o‘ziga xos muloqot borligini qayd etgan.

“Bilasizmi, bizning o‘z integratsiya jarayonlarimiz bor, biz ularga e’tibor qaratamiz”, deydi Peskov.

Ma’lumot uchun, C5+1 formati (Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH) 2015 yilda yaratilgan va Tashqi ishlar vazirlari va ekspertlar uchrashuvlari darajasida o‘tkazilgan. Bu galgi uchrashuv birinchi marta Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida davlat rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH Prezidenti Jo Bayden, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov, Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari qatnashgandi. Sammitdan so‘ng “Forbes” nashri AQSH Prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim rol o‘ynashini yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Markaziy Osiyo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing