Baydenning impichmentiga oid hujjat AQSH Kongressiga taqdim etildi
Olam
−
14 iyun 2023
7801AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Loren Bobert mamlakat janubiy chegaralarini himoya qila olmagani uchun AQSH Prezidenti Jo Baydenga qarshi impichment bo‘yicha tegishli hujjatlarni kongressga kiritdi. Bu haqda u o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Jo Bayden janubiy chegaramizni qo‘riqlash bo‘yicha o‘zining konstitutsiyaviy burchini to‘liq bajara olmadi. Shu sababli, men hozirgina uni lavozimidan chetlashtirish uchun impichment bo‘yicha hujjatlarni taqdim qildim", deb yozgan Bobert.
O‘tgan hafta Vakillar palatasining bir guruh a’zolari Baydenga qarshi tergov doirasida FQBdan dastlab so‘ralgan hujjatni ko‘rib chiqdi, shundan so‘ng kongressmen Marjori Teylor Grin Prezidentni impichment jarayoni, jinoiy tergov orqali lavozimidan chetlashtirishga va qamoqqa olishga chaqirdi.
Baydenning o‘zi unga qo‘yilgan ayblovlarni korrupsiyaga oid fantastika bilan bog‘liq deb atagan.
LiveBarchasi