Baydenning bayonotidan Zelenskiyning boshi osmonga yetdi
Olam
−
27 fevral 2021
6602Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden rasmiy Vashington hech qachon Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmasligini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik.
Shu munosabat bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Jo Baydenga Kiyevni qo‘llab-quvvatlagani va Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini tan olmagani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u o‘zining Twitter'ida yozgan.
"Men Jo Baydendan kuchli xabar uchun minnatdorman: Qrim bu – Ukraina!", deb yozgan Zelenskiy.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar Amerikaning Ukrainani mamlakatning hududiy yaxlitligi, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va islohotlar masalalarida qo‘llab-quvvatlashini juda qadrlaydi.
Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimni ishg‘ol etmaslik choralari to‘g‘risida farmonni imzolagandi.
Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014 yilda Ukrainada boshlangan "Maydon" voqealari vaqtida Rossiya tomonidan egallangan. G‘arb davlatlari RFning bu harakatini suveren davlat hududini anneksiya qilish deb baholab, unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.