Baydenning 2024 yilgi saylovda qatnashishi bo‘yicha ma’lumot berildi
Olam
−
17 dekabr 2021
4175AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishni rejalashtirmoqda va buni amaldagi vitse-prezident Kamola Xarris bilan juftlikda amalga oshirmoqchi. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi o‘rinbosari Karin Jan-Per ma’lum qilgan.
“Vitse-prezident va Prezident o‘rtasida qanday suhbatlar bo‘lgani haqida gapira olmayman, faqat Prezidentning o‘zi aytganlarini aytishim mumkin: u 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Boshqa qo‘shimcha gapim yo‘q”, degan Jan-Per.
Undan Bayden Xarris bilan birgalikda ushbu saylovda ishtirok etishni rejalashtirayotgani yoki unday emasligini aniqlash so‘ralgan.
“Ha, u rejalashtirmoqda. Hech narsa o‘zgarmadi”, degan Oq uy Matbuot kotibi o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avval ham Jo Bayden 2024 yilda prezidentlikka ikkinchi bor o‘z nomzodini qo‘yish niyatida ekani haqida xabar tarqatilgandi.
LiveBarchasi