Baydenni G‘azodagi genotsidga sheriklikda ayblab, sudga berishdi

Olam

image

Amerikadagi Center for Constitutional Rights (Konstitutsiyaviy huquqlar markazi) inson huquqlari tashkiloti AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini G‘azo sektorida falastinliklar genotsidiga aloqadorlikda ayblab, federal sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda kecha, 13 noyabr kuni tashkilot o‘z veb-saytida tegishli bayonotni e’lon qildi.

“Isroil hukumati AQSHning so‘zsiz ko‘magida G‘azo sektorida Falastin xalqiga qarshi genotsid amalga oshirmoqda. 7 oktyabrdan beri Isroil hukumati G‘azo sektorida kamida 11,1 ming falastinlikni, jumladan 4,6 mingdan ortiq bolani o‘ldirgan va 28 mingdan ortiq kishi yaralangan. Oq fosfordan foydalanishning hujjatlashtirilgan dalillari mavjud. Qo‘shma Shtatlar genotsidning oldini olish bo‘yicha o‘zining qonuniy majburiyatlarini bajarmayapti, Prezident Bayden va boshqa yuqori martabali amaldorlar Isroil hukumatining Falastin xalqini genotsid qilishiga faol yordam bermoqda”, deyiladi bayonotda.

Konstitutsiyaviy huquqlar markazining eslatishicha, Prezident Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken va Mudofaa vaziri Lloyd Ostin nafaqat genotsidning oldini olish uchun o‘z ta’siridan foydalana olmagan, balki Isroil hukumati harakatlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaganliklarini bir necha bor ochiq bayonotlar bilan aytgan. 

Bayonotda, tashkilotning 13 noyabr kuni Falastinlik inson huquqlari tashkilotlari hamda G‘azo va AQSHdagi falastinliklar nomidan Bayden va uning ma’muriyatidagi yuqori lavozimli amaldorlarga qarshi federal da’vo qo‘ygani bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing