Baydenni bir necha soniya ichida nokaut qilaman – Tramp

Sport

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp amaldagi davlat rahbari Jo Bayden bilan boks ringida kurashishga tayyorligini aytdi.

75 yoshli amerikalikning aytishicha, Bayden uning eng oson raqibi bo‘ladi.

“Agar men professional bokschidan boshqasini raqib sifatida tanlashim kerak bo‘lsa, bu juda xavfli g‘oya bo‘lardi. Menimcha, men uchun eng oson yumush Baydenni taslim etish bo‘lardi. Uni bir necha soniya ichida qulataman. Bunday holatda u juda katta muammoga duch keladi”, deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Kaliforniya shtatining Gollivud shahrida 11 sentyabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan boks kechasida amerikalik bokschi Evander Xolifild va braziliyalik MMA jangchisi Vitor Belfort ishtirokidagi markaziy jangni sharhlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Jo Bayden

Baholaganlar

574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing