Baydendan yana xato. U ukrainaliklarni adashtirib yubordi
Olam
−
02 mart 2022 27240 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jozef Bayden Ukraina aholisini “eronliklar” deb atadi. U kecha, 1 mart kuni Kongressdagi nutqida adashib ketgan.
Amerika rahbari o‘z nutqining katta qismini tashqi siyosat masalalariga bag‘ishlagan. Ukrainadagi vaziyatni baholashga kelganda, Bayden tasodifan ukrainaliklarni “eroniylar” deb atagan.
“Putin Kiyevni tanklar bilan o‘rab olishi mumkin, lekin u hech qachon eronliklarning ruhi va qalbini ololmaydi”, degan AQSH Prezidenti.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Bayden o‘z chiqishlarida tez-tez xatolarga yo‘l qo‘yadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr