Bayden Zelenskiyni AQSHga taklif qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 7 iyun kuni telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat davomida Bayden Ukraina suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Bu haqda Oq uy saytida xabar berilgan.  

Bayden va Zelenskiy Ukraina Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini qo‘llab-quvvatlashda ikki mamlakatning strategik sherikligiga to‘xtalib o‘tgan. AQSH va Ukraina Prezidentlari, shuningdek, energiya xavfsizligi va koronavirusga qarshi kurashish sohasida yaqin hamkorlik zarurligini muhokama qilgan. Bundan tashqari, Vashingtonning Kiyevga 900 ming doza COVID-19 vaksinasini yetkazib berish rejalari ko‘rib chiqilgan. 

“Prezident Bayden Prezident Zelenskiyni shu yoz oxirida Vashingtonga tashrif buyurishga taklif qildi”, deyilgan Amerika ma’muriyati xabarida. 

Shuningdek, AQSHning 46-Prezidenti Ukrainaning Yevroatlantik integratsiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Bayden va Zelenskiy birinchi marta telefon orqali joriy yilning aprel oyi boshida gaplashishgan. Bayden suhbatda AQSH Rossiyaning Donbass va Qrimdagi tajovuzlari oldida Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini cheksiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Bayden

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing