Bayden yil boshidan beri naq beshinchi marta Szinpin bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Olam

image

Bugun, 28 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida telefon suhbat bo‘lib o‘tdi. Ularning suhbati ikki soatdan ko‘proq davom etgan. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

“Bayden Si Szinpin bilan telefon suhbatini yakunladi, ular 2 soat 17 daqiqa suhbatlashdi”, deyiladi xabarda.

Bu ikki mamlakat yetakchilarining beshinchi va mart oyidan buyon birinchi suhbati hisoblanadi.

Xitoy va AQSH o‘rtasidagi keskinlik bir necha yillardan beri davom etmoqda. Donald Tramp prezidentligi davrida ham Vashington Pekinga, jumladan Uyg‘ur va Tayvan muammolari yuzasidan sanksiyatslar bosimini kuchaytirgan.

So‘nggi haftalarda AQSH vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining tez oradaTayvanga borishi haqidagi rejalari sabab Xitoy va Qo‘shma Shtatlar orasidagi keskinlik kuchaydi. Rasmiy Pekin bu tashrifni bekor qilishni talab qilmoqda. 

Agar Nensi Pelosi Tayvanga borsa, u 25 yil ichida Tayvanga tashrif buyurgan AQSH Kongressi palatasining birinchi spikeri bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Jo Bayden

Baholaganlar

180

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing