Bayden yonayotgan Los-Anjelesni “jang maydoni”ga qiyosladi

Olam

image
Yonayotgan Los-Anjeles (fotoreportaj) north_east

Yonayotgan Los-Anjeles (fotoreportaj)

AQSH Prezidenti Jo Bayden yong‘inlar davom etayotgan Los-Anjelesni “jang maydoni”ga o‘xshatdi. Bu haqda u kecha, 10 yanvar kuni Oval kabinetda yong‘inlar haqidagi xabarlarni ko‘rib chiqayotganida so‘z ochdi.

"Bu ... menga urush sahnalarini eslatdi, u yerda ma’lum nishonlar bombardimon qilinmoqda. Bu deyarli jang maydoni", dedi Bayden. 

Talonchilik xavfi tufayli kechasi yong‘indan jabrlangan hududlarda rasmiylar komendantlik soati joriy qildi. Prezident hukumat armiyadan tortib Milliy gvardiyagacha bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalangan holda xavfsizlikni ta’minlashini ta’kidladi.

“O‘g‘irlik sodir bo‘layotgani haqida aniq faktlar bor. Odamlar qolgan uylarga kirib, talon-toroj qilishayotgani haqida aniq dalillar bor. Bundan foydalanishga harakat qiladigan demagoglar ko‘p bo‘ladi”, dedi Bayden.

Ma’lumot uchun, joriy hafta o‘rtasida Los-Anjeles okrugini o‘rmon yong‘inlar qamrab oldi va bu ofat mintaqa tarixidagi eng vayronkorlardan biri sifatida baholanmoqda. Masalan, Altadena hududida o‘n ming gektardan ortiq yer yonmoqda va bu taxminan 13 mingta binoga xavf solmoqda. Vaziyatni kuchli shamollar yanada og‘irlashtirmoqda, bu aviatsiyani qo‘llashga xalaqit beryapti, shuningdek, Paliseyds hududidagi yong‘in gidrantlari ishlamay qolgan. Minglab uylar vayron bo‘lgan.

Ofat qurbonlari soni kamida o‘n kishini tashkil etmoqda. Los-Anjelesda minglab aholini majburiy evakuatsiya qilish buyruqlari berilgan. Shu bilan birga, okrug yong‘in xizmati rahbari mavjud resurslar atigi bir yoki ikkita yirik yong‘in bilan kurashishga mo‘ljallanganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq suzish bo‘yicha 5 karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Garri Xoll-Junior Los-Anjelesdagi tabiiy ofat vaqtida o‘z uyidan va medallaridan ayrilgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, o‘rmon yong‘inlari tufayli Gollivud aktyorlari Entoni Xopkins, Adam Brodi, Anna Feris va boshqa ko‘plab mashhurlar o‘z uylarini yo‘qotdi. Los-Anjeles politsiyasi o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lganlikda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yong'in Jo Bayden Los-Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing