Yonayotgan Los-Anjeles (fotoreportaj)

Olam

image

AQSHning Los-Anjeles shahrining g‘arbi 3 kundan buyon davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari iskanjasida qoldi. O‘n minglab odamlar yashash joylarini tark etdi, uylar va mashinalar yonib kul bo‘ldi.

Los-Anjelesning nufuzli Pasifik Paliseyds tumanidagi kuchli o‘rmon yong‘ini tufayli 30 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tark etdi. Tuman hokimiyati favqulodda holat e’lon qildi, ammo vaziyatni bo‘ronli shamol yanada chigallashtirmoqda. Bir necha soat ichida yong‘in taxminan 486 gektar yerni qamrab oldi.

Odamlar yong‘indan qochish jarayonida yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi, ko‘pchilik mashinalarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Qutqaruv xizmatlari buldozerlar yordamida avtomobillarni olib tashlab, favqulodda hodisa joyiga yetib borishga harakat qilmoqda.

Yong‘in tarqalish xavfi ostida 10,3 mingta xonadon va 13,2 mingta bino borligi aytilib, bu qo‘rquvlarni yanada oshirmoqda.

Los-Anjelesning yong‘in departamenti vakili Erik Skott aholini evakuatsiyaga tayyor turishga chaqirdi. PowerOutage.US kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 17 ming kishi elektr energiyasiz qolgan.

Yong‘inga qarshi kurash uchun 250 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi, 5 ta katta havo tankeri, 10 ta vertolyot va o‘nlab motorli vositalar safarbar etilgan. Mutaxassislarning aytishicha, yong‘in Pasifik Paliseydsdan g‘arb tomon harakatlanmoqda, ammo bo‘ronli shamol yong‘inlarni boshqa yo‘nalishlarda ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, 1 iyuldan buyon ushbu hududga atigi 4 mm yog‘ingarchilik tushgan.

Bugun, 9 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Los-Anjelesda kuchli yong‘inlarga qarshi choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun Favqulodda holat deklaratsiyasini tasdiqlab, o‘z prezidentligi davridagi so‘nggi xorijiy safar – Italiyaga tashrifini bekor qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh fotoreportaj o'rmon yong'inlari Los-Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing