Bayden YeI rahbarlari bilan Isroildagi vaziyatni muhokama qildi

Olam

image

Kecha, 20 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelni qabul qildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Uchrashuvning asosiy mavzulari Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi mojaro, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi bo‘lgan. 

Bundan tashqari, muzokarachilar Xitoy bilan munosabatlar, global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va ba’zi savdo masalalari, xususan, AQSHning Yevropa Ittifoqidan po‘lat va alyuminiyga bojlari to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilgan. 

Tomonlar uchrashuvda yana bir bor Isroilni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va uning o‘zini himoya qilish huquqini takrorlagan.

Shu bilan birga, AQSH va Yevropa Ittifoqi rahbarlari Isroilni xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishga chaqirgan.

“G‘azo sektorida kuchayib borayotgan gumanitar inqirozdan xavotirdamiz. Mintaqaviy kuchayishning oldini olish muhim. Biz barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishga chaqiramiz va ikki davlat (Isroil va Falastin — tahr.) barpo etilishi barqaror tinchlikka erishish yo‘li bo‘lib qolishi haqidagi umumiy fikrimizda qat’iymiz”, deyiladi tomonlar imzolagan hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun Kongressdan 60 milliard dollar va Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 milliard dollar so‘rash niyatini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ursula fon der Lyayen Isroil Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing