Bayden yana “xol qo‘ydi” (video)
Olam
−
11 fevral 2022
24367AQSH Prezidenti Jo Bayden yana adashib ketdi. Bu safar u Afg‘onistonni avval Ukraina, keyin esa Iroq deb atadi va Qo‘shma Shtatlarning 20 yillik harbiy kampaniyadan so‘ng mamlakatni tark etish qarori to‘g‘riligini yana bir bor tasdiqladi.
“Ukrainani birlashtirish uchun bizda zarracha imkoniyat bo‘lmadi. Ya’ni, Iroq, kechirasiz. Afg‘oniston! Bunga erishish mumkin emas edi”, dedi u NBC telekanaliga bergan intervyusida.
O‘tgan yilning noyabrida 79 yoshga to‘lgan Bayden muntazam ravishda adashib keladi. U Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning ismini noto‘g‘ri talaffuz qilgan, “vaksinatsiya” va “eskalatsiya” so‘zlarini, shuningdek, Suriyani Liviya bilan, Iroqni yesa Eron bilan aralashtirib yuborgan va bir necha bor vitse-prezident Kamola Xarrisni davlat rahbari deb atagan.
Bayden ma’muriyati o‘tgan yili Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlari va tinch aholi xodimlarini olib chiqib ketish bilan birga kelgan tartibsizlik, qurbonlar va qo‘g‘irchoq hukumatning to‘satdan qulashi uchun barcha tomondan tanqid ostiga olingan.
LiveBarchasi