Bayden vazir lavozimiga AQSHning tub aholisidan nomzod ko‘rsatdi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden AQSH Ichki ishlar vaziri lavozimiga 60 yoshli Deb Haaland nomzodini ilgari suradi. Bu haqda "The Washington Post" xabar bermoqda. 

Deb Haaland 2019 yildan beri Nyu-Meksiko shtatidan AQSH Vakillar palatasi a’zosi hisoblanadi. 

Qayd etilishicha, agar u Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlansa, Amerikaning tub aholisidan bo‘lgan birinchi AQSH vaziri bo‘ladi.

“Mening fikrimcha, bizning mamlakatimiz shu tarzda rivojlanib bormoqda. Endi biz AQSHning mahalliy xalqlari vakili AQSH vaziri lavozimini egallashi haqida muhokama olib boramiz”, degan Haaland. 

Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Haalandning tanlovini ma’qullashini aytgan.

“Agar saylangan Prezident uni Ichki ishlar vaziri sifatida tanlagan bo‘lsa, demak u juda yaxshi tanlov qilgan”, degan Pelosi.

Ma’lumot uchun, 14 dekabr kuni saylovchilar kollegiyasi Jo Bayden AQSH Prezidenti etib saylanganini tasdiqladi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden uchun 306, Donald Tramp uchun 232 nafar saylovchi ovoz bergan. G‘olib bo‘lish uchun esa 270 ta ovoz to‘plash kerak edi. Ovoz berish natijalarini rasmiy tasdiqlash 6 yanvar kuni, Baydenning inauguratsiyasi esa 20 yanvarda o‘tkaziladi


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Haaland

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing