Bayden vaqtinchalik byudjet bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi
Olam
−
21 dekabr
1444AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden vaqtinchalik byudjetni tasdiqlovchi qonun loyihasini imzoladi va shu bilan hukumatning rasmiy “shatdauni”ga yakun yasadi. Bu haqda bugun, 21 dekabr kuni kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
“Shanba, 21 dekabr kuni Bayden federal idoralarni 14 martgacha moliyalashtirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Kongressining yuqori palatasi federal hukumatni vaqtinchalik moliyalashtirishni davom ettirish haqidagi qonun loyihasini kechiktirib qo‘llab-quvvatlagan va bu sababli rasmiy “shatdaun” yuzaga kelgan edi. Biroq federal organlarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish faqat dam olish kunlari sababli rasmiy tus olgan bo‘lsa-da, dushanba kuni bu to‘xtash to‘liq kuchga kirgan bo‘lardi.
Yangi qonunda belgilangan federal idoralarni moliyalashtirish muddati tugagunga qadar (14 mart), AQSH yangi ma’muriyati, ya’ni prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan Donald Tramp boshchiligidagi boshqaruv ishi boshlanadi.
Yangi qonun loyihasi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va fermerlarga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutadi. Trampning talablariga qaramasdan, vaqtinchalik byudjetda davlat qarzi chegarasini bekor qilish yoki uni sezilarli darajada oshirish masalalari kiritilmadi. Respublikachilar partiyasi a’zolarining ko‘pchiligi oxir-oqibat ushbu talablar inobatga olinmagan holda qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, chunki avvalroq ular o‘z takliflarini tasdiqlatish uchun yetarli ovoz to‘play olmagan.
LiveBarchasi