Bayden va Putinning “toychoq”lari taqqoslandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyaning “Daily Mail” nashri AQSH va Rossiya Prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putin joriy yilning 16 iyun kuni Jenevadagi muzokaraga kelgan Cadillac va Aurus avtomobillarini taqqosladi.

Ta’kidlanishicha, Amerika Prezidenti La Granj qasriga qiymati 1,5 million dollar bo‘lgan zirhli Cadillac mashinasida kelgan. Avtomobil tungi ko‘rish kameralari, ko‘z yosh oqizuvchi gaz to‘plari hamda bomba portlashi va o‘q otishlariga bardosh bera oladigan 20 santimetrli zirhlar bilan jihozlangan. 

Qayd etilishicha, ushbu avtomobilning eshiklari og‘irligi Boeing 757 samolyotlari eshiklari bilan bir xil. Shuningdek, Baydenning mashinasida ichki aloqa tizimi, kislorod tizimi va favqulodda vaziyatlarda Prezident uchun qon bo‘lgan. 

Cadillac’ning orqa qismi haydovchidan shisha qism bilan ajratilgan. Xuddi shu joyda, orqa o‘rindiqlarda AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarris va Pentagon bilan bevosita aloqada bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh telefoni bo‘lgan. Shuningdek, avtoulovning yonilg‘i idishi zirhlangan, bundan tashqari u ko‘pik bilan to‘ldirilgan, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilish paytida ham portlashning oldini oladi. 

“Rossiya Prezidenti ham noyob zirhli limuzin bilan faxrlansa bo‘ladi, undagi yo‘lovchilar hatto suv ostida ham xavfsiz bo‘la oladi”, deyilgan xabarda. 

Biroq, xabarda Putinning Aurus Senat’i haqida juda kam ma’lumot mavjud. Putinning mashinasida 598 ot kuchiga ega 4,4 litrli dvigatel, gibrid haydovchi va 9 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi mavjud. 

Ma’lumot o‘rnida, 16 iyun kuni Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Jenevada uchrashdi. Muzokaralar ikki qismdan iborat bo‘ldi: tor va kengaytirilgan tarkibda. Umuman olganda, uchrashuv taxminan 4,5 soat davom etdi. Shundan so‘ng, alohida matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi: jurnalistlar bilan birinchi Rossiya rahbari, so‘ng Amerika rahbari suhbatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

760

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing