Bayden va Putin yana uchrashishi mumkin. Qachon?

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerika Prezidenti Jo Bayden bilan kelasi yil boshida uchrashishi mumkin. Bu haqda “Kommersant’” manbalarga tayanib xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, joriy yil oxiriga qadar davlat rahbarlari videokonferensiya formatida suhbat o‘tkazishi mumkin. 

“Tafsilotlar hali to‘liq kelishib olinmagan, shuning uchun Kreml ham, Oq uy ham tafsilotlarni oshkor qilishga shoshilmayapti”, deyilgan xabarda. 

Taxminlarga ko‘ra, Putin va Bayden iyun oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan sammitda erishilgan kelishuvlarning bajarilishini muhokama qilishni rejalashtirgan. 

Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Moskva va Vashington ikki yetakchi o‘rtasidagi uchrashuv zarurligini tushunadi, biroq hozircha aniq muddat yo‘q. 

O‘z navbatida, Oq uy ham Rossiya va AQSH Prezidentlari o‘rtasida yil oxirigacha suhbat bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv joriy yilning 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tdi. Rossiya va Qo‘shma Shtatlar kiberxavfsizlik, mahbuslar almashinuvi va qurol nazorati bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlash niyatida ekanliklarini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing