Bayden va Makron Livandagi otishmalarni to‘xtatmoqchi
Olam
−
26 noyabr
1074AQSH va Fransiya Prezidentlari Jo Bayden va Emmanuel Makron Isroilning “Hizbulloh”ga qarshi operatsiyasi davom etayotgan Livanda 36 soat ichida o‘t ochishni to‘xtatilishini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26 noyabr kuni shu masalada Isroil hukumati “Xizbulloh” harakati bilan kelishuvni tasdiqlash uchun yig‘ilishi kerak. O‘qqa tutish harakatlarini to‘xtatish bo‘yicha muzokarani kuzatish uchun AQSH raisligida tashkil etilgan besh mamlakatdan iborat maxsus qo‘mita nazorat qiladi, unga Fransiya ham kiradi.
Livan parlamenti raisining o‘rinbosari Elias Bu Saab “Reuters”ga bergan intervyusida agar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning fikri o‘zgarib qolmasa, Bayrut AQSH tomonidan taklif qilingan otishmani to‘xtatish rejasiga qarshi emasligini aytgan.
Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi otishmani to‘xtatish muzokaralari BMT Xavfsizlik kengashining 2006 yildagi 1701-rezolyutsiyasi asosida qabul qilinadi. Unga ko‘ra, Isroil bilan chegara hududlarga Livan armiyasi va BMTning UNIFIL tinchlikparvar kuchlari kirishi kerak. “Hizbulloh” esa o‘z qo‘shinlarini Isroil chegarasidan 30 kilometr uzoqlikdagi Litani daryosigacha olib chiqishi lozim.
Biroq Isroilning BMTdagi elchisi Danni Danon mamlakat o‘z qo‘shinlarini Livanning janubiga zarba berish uchun saqlab qolishini ta’kidladi.
Mazkur o‘qqa tutilishni to‘xtatish rejasi AQSH tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, avvalroq AQSH Davlat departamenti vakili Metyu Miller Vashingtonning Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi otishmani to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilayotganini ma’lum qilgandi.
Miller so‘nggi kunlarda tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishishda sezilarli natijalar yuzaga kelganini ham ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga juda yaqin turgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
26 noyabr