Bayden va’da qilgan qurollar Ukrainaga yetib bordi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kiyevga to‘rtta HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlarini yetkazib berdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Ukrainaga to‘rtta HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlari yetib keldi. Men AQSH Prezidenti Jo Baydendan cheksiz minnatdorman”, deb yozdi u .

22 iyul kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining aytishicha, Bayden Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatish, xususan, to‘rtta HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlari, 580 tagacha Phoenix Ghost uchuvchisiz uchoq va o‘q-dorilarni Kiyevga topshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. 

AQSH ma’muriyati rasmiysiga ko‘ra, ushbu yordamning umumiy miqdori qariyb 270 million dollarga baholanmoqda. Shuni hisobga olsak, urush boshlanganidan beri Jo Bayden ma’muriyatining Ukrainaga bergan umumiy xavfsizlik yordami 8,2 milliard dollarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing