Bayden Ukrainaga Abrams tanklari jo‘natilishini ma’lum qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Kiyevga 31 ta M1 Abrams tanki jo‘natilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, harbiy yordam boshqa mamlakatlardan yetkazib beriladigan yuklar bilan birga jo‘natiladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukraina qo‘shinlari qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Bahor yaqinlashar ekan, Ukraina qo‘shinlari o‘zlari egallab turgan hududni himoya qilish ustida ishlamoqda va qo‘shimcha qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, deydi Bayden.

AQSH Prezidenti, shuningdek, Kiyevga harbiy yordam Rossiya uchun xavf tug‘dirmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar BMT Nizomini himoya qilish niyatida bu ishni amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pentagon AQSHning Ukrainaga Abrams tanklari bilan yuboriladigan yangi harbiy yordam paketining umumiy hajmi 400 million dollarni tashkil etishi haqida bayonot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing