Bayden Ukrainadagi urushga barham berish shartini aytdi

Olam

image

Ukraina atrofidagi vaziyat Rossiya qo‘shinlari uning hududini tark etmaguncha hal bo‘lmaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayder so‘z ochdi.

“[Rossiya Prezidenti Vladimir] Putin Ukrainadan [qo‘shinlarini] olib chiqmaguncha mojaro hal bo‘ladi deb o‘ylamayman”, deydi u kecha, 10 noyabr kuni chet el safariga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlarga. Baydenning so‘zlarini Oq uy matbuot xizmati keltirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etmoqda, bu esa to‘rtta Avenger havo mudofaa tizimini Kiyevga topshirishni nazarda tutadi. Yangi paket bilan Jo Bayden prezidentlikka kelganidan beri Vashingtonning Kiyevga bergan umumiy harbiy yordami 19,3 milliard dollardan oshdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing