Bayden Ukraina sabab Putinga tahdid qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Oq uyning ma’lum qilishicha, 2 soatga yaqin davom etgan uchrashuvda AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi. U mavjud kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirib, harbiy harakatlarga G‘arb jamoaviy iqtisodiy choralar bilan javob qaytarishidan ogohlantirgan.

“Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar va Yevropadagi ittifoqchilarimizning Ukraina atrofida Rossiya qo‘shinlari to‘planishidan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi hamda AQSH va ittifoqchilari harbiy vaziyat keskinlashgan taqdirda qat’iy iqtisodiy va boshqa choralar bilan javob berishini aniq aytdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Putin bilan suhbatda Bayden Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan, shuningdek, “vaziyatni yumshatish va diplomatiyaga qaytishga chaqirgan”.

Ma’lumot o‘rnida, G‘arb matbuoti va siyosatchilari so‘nggi paytlarda Moskva Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini jamlayotganini ta’kidlab kelmoqda. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya o‘z qurolli kuchlarini o‘z hududi va o‘z xohishiga ko‘ra ko‘chirayotganini, uning harakatlari hech kimga tahdid solmasligini va hech kimni bezovta qilmasligi kerakligini aytib kelmoqda. Moskvaning ta’kidlashicha, “Rossiya tajovuzkorligi” haqidagi xabarlar chegara hududlarida NATO kuchlarini to‘plash uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.

Germaniyaning “Bild” gazetasi hatto Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun ikkita hujum rejasini ishlab chiqqani haqida xabarlar tarqatdi. Nemis nashri hujum 2022 yil boshida amalga oshirilishiga ishonch bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Jo Bayden

Baholaganlar

710

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing