Bayden Trampning masalasini Senatga qo‘yib berdi
Olam
−
21 yanvar 2021
6163AQSH Prezidenti Jozef Bayden Senatga Amerikaning sobiq rahbari Donald Trampning impichmenti bo‘yicha harakatlar to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilishga ruxsat beradi. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psakiga asoslanib xabar berilmoqda.
"U impichment jarayonining vaqti va o‘ziga xos xususiyatlariga oid texnik masalalarni Senatning o‘ziga qoldirmoqchi", degan Psaki.
AQSHda 2020 yil 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosiy da’vogarlar – demokrat Jo Bayden va amaldagi rahbar, respublikachi Donald Tramp edi. Ommaviy ovoz berish va saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden g‘alaba qozondi, ammo Tramp saylov natijalarini tan olmadi va sudlarga da’vo qildi.
6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.
O‘sha kuni bu voqealardan avvalroq Tramp Vashingtonda tarafdorlari bilan uchrashib, unda to‘planganlarni Kapitoliyga kelib, qonun chiqaruvchilarni “o‘g‘irlangan saylovlar” bo‘yicha o‘z noroziliklarini bildirishga chaqirgan.
Tramp vakillar palatasi ikki marta impichment e’lon qilgan AQSH tarixidagi birinchi Prezident bo‘ldi. Trampga 2019 yil dekabrida birinchi marta impichment e’lon qilingandi. O‘shanda kongressmenlar Trampni hokimiyatni suiiste’mol qilish va kongress o‘tkazgan tergovga to‘sqinlik qilishda ayblashgan. Biroq Senat Trampni oqlagandi.
Kecha, 20 yanvar kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Harrisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Bayden rasman AQSHning 46-prezidenti bo‘ldi.