Bayden Trampni ikkinchi debatga chaqirdi
Olam
−
16 iyul 2024 6502 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga sentyabr oyida takroriy debat o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Bayden NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, jurnalist Donald Tramp bilan ikkinchi debat o‘tkazishga rozi bo‘lasizmi, deb so‘raganda, AQSH Prezidenti bunga rozi ekani, sentyabrda Tramp bilan bahslashmoqchiligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jo Bayden saylovdagi raqibi Donald Trampni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “laychasi” deb atagandi.
Azizbek Eshmamatov
Live
Barchasi