Bayden Suriyaga nega zarba berilganini aytdi
Olam
−
28 fevral 2021
13075Suriyada AQSH havo zarbasiga uchragan eronparast guruhlar mintaqadagi Amerika harbiylariga qarshi yangi hujumlarni rejalashtirishda ishtirok etgan. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongressga yo‘llagan ogohlantirishda aytib o‘tgan.
Hujjatni Oq uy matbuot xizmati tarqatdi. Unda Bayden qonunga muvofiq Kongressning Vakillar palatasi va Senatini AQSH Qurolli kuchlari Suriya sharqida eronparast nodavlat guruhlar tomonidan foydalanib kelinayotgan infratuzilma ob’ektlariga aniq zarbalar bergani aytilgan.
“Bu nodavlat isyonchi guruhlar bir muddat avval Iroqdagi AQSH va koalitsiya harbiylariga uyushtirilgan hujumlarda ishtirok etgan. Bu tuzilmalar kelajakda amalga oshirish rejalashtirilgan hujumlarga ham jalb qilingan”, degan Bayden.
Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Pentagon AQSH harbiy-havo kuchlari Suriya-Iroq chegarasidagi eronparast harbiylashgan guruhlar “Kataib Hizbullo”, “Kataib Sayyid ash-Shuxada”ning ob’ektlariga zarba berganini ma’lum qildi.
Mudofaa idorasi bu Eronning Amerika va koalitsiyaga qilgan hujumi uchun javob ekanini ma’lum qildi.
AQSH Suriyaga Iroq razvedkasi ma’lumotiga tayanib zarba berdi va ularning aniqligiga shubha qilmayapti.
LiveBarchasi