Bayden sobiq sovet respublikalarini Rossiyadan ajratib olmoqchi – Pushkov
Olam
−
02 fevral 2021 16192 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyalar Kengashi (parlamentning yuqori palatasi) senatori Aleksey Pushkov “Vechernaya Moskva”ga bergan intervyusida AQSH Prezidenti Jo Bayden sobiq sovet respublikalarini Rossiyadan ajratish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishini aytib o‘tdi.
Uning fikricha, Belarus, O‘zbekiston, Armaniston va Qozog‘iston Amerika Qo‘shma Shtatlarining diqqat markazida bo‘ladi.
“Bu yo‘nalish bizga jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi, Yevropa xaritasida 2014 yilgacha bo‘lgan kayfiyatni o‘zgartiradi va oldimizga ittifoqdosh mamlakatlardagi ta’sirimizni saqlab qolish uchun sifat jihatidan yangi vazifalarni qo‘yadi”, deya ta’kidlagan Pushkov.
Senator, shuningdek, Vashington Kiyev bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirishi mumkin deb hisoblayapti. Xususan, Ukraina hududida Amerikaning harbiy-dengiz bazalari paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, AQSH mamlakatga hujum qurollarini berishi ham mumkin.
“Vashington Kiyevni G‘arbiy harbiy tuzilmalarga faol qo‘shib, uni NATOning norasmiy a’zosiga aylantirishga harakat qiladi”, degan senator.
Pushkov Baydenning Rossiya bilan raqobatni postsovet hududiga o‘tkazishga urinishi AQSH bilan munosabatlarni yomonlashtiradigan yangi omil bo‘lishi mumkin degan fikrda.
Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Ukraina Tashqi ishlar vaziri bilan muloqot davomida Vashington Kiyevga faol iqtisodiy va harbiy yordam va’da qilgani haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi