Bayden Si Szinpin bilan sayohatini gapirayotganda adashib ketdi (video) 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uydagi tantanali marosimda nutq so‘zlayotganda ikki marta adashib ketdi. Uning nutqi CBS telekanalida namoyish etilgan.  

“Amerika — bu bir so‘z bilan ta’riflash mumkin bo‘lgan xalq. Men ostida... ostida... edim. Kechirasiz. Men Si Szinpin bilan Himoloy etagida edim. U bilan birga sayohat qildim, vitse-prezidentligimda biz 17 000 milya yo‘l bosib o‘tdik. Aniq esimda yo‘q”, degan u. 

Nutqi davomida Bayden Qo‘shma Shtatlarni bir so‘z bilan “imkoniyatlar” deb ta’riflashi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Xitoy rahbari bilan suhbatda shu mavzuga to‘xtalgan. 

Bu Amerika yetakchisining birinchi bor adashishi emas. U bir necha bor vitse-prezident Kamola Xarrisni Prezident deb yuborgan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning familiyasini noto‘g‘ri talaffuz qilgan, “vaksinatsiya” va “eskalatsiya” so‘zlarini, shuningdek, Suriyani Liviya bilan, Iroqni esa Eron bilan aralashtirib yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing