Bayden Shvetsiya va Finlyandiya uchun tarixiy qadamni tashladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSH Kongressining tegishli qo‘mitalariga Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qabul qilinishiga oid hujjatlarni yubordi. 

"Men Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi haqida hujjat taqdim etaman", deydi Bayden Kongress qo‘mita raislariga yuborgan muqovali maktubida. Xuddi shunday maktub Shvetsiyaning ittifoqqa kirishiga ham tegishli. Hujjatlar matni e’lon qilinmagan. 

Ushbu hujjatlarni tayyorlash AQSH qonunchiligiga muvofiq talab qilinadi. Bunday hujjatlarda AQSH ma’muriyati mamlakatning NATOga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalarni va buning ittifoq va Amerika milliy xavfsizligi uchun oqibatlarini baholaydi. 

Finlyandiya va Shvetsiya misolida, birinchi bunday hisobotlarni Bayden Kongressga 19 may kuni, Stokgolm va Xelsinki NATOga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirganidan bir kun o‘tib yuborgan edi. Joriy hisobotlarda ma’muriyat yangilangan ma’lumotlarni taqdim etadi. 

Eslatib o‘tamiz,  28 iyun kuni Turkiya, Finlyandiya Prezidentlari, Shvetsiya Bosh vaziri va NATO Bosh kotibi ishtirokida NATO sammiti oldidan to‘rt tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, uch mamlakat Tashqi ishlar vazirlari “Uchlik memorandumi”ni imzoladilar. Memorandumga ko‘ra, Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda barcha talablarni bajaradi, Turkiyada terroristik tashkilot deb tan olingan tuzilmalar – "Kurdiston ishchi partiyasi", "Suriya xalq mudofaasi otryadi" va FETO bilan muloqotni to‘xtatadi va o‘zi ham ularni terroristik tashkilot sifatida qayd etadi. Qolaversa, milliy qurol-yarog‘ embargosi olib tashlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya Finlyandiya

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing