Bayden sentyabrda Vetnamga boradi
Olam
−
29 avgust 2023
2797AQSH Prezidenti Jo Bayden 10 sentyabr kuni Vetnam poytaxti Xanoyga tashrif buyurib, mamlakat Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Nguyen Fu Chong bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per yozma bayonot orqali ma’lum qildi.
“Bayden Xanoyga, Vetnamga, 2023 yil 10 sentyabrda tashrif buyuradi. Prezident Bayden Xanoyda Nguyen Fu Chong va boshqa muhim yetakchilar bilan uchrashib, AQSH-Vetnam hamkorligini yanada chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qiladi. Rahbarlar Vetnamning texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiyotining o‘sishiga ko‘maklashish, ta’lim almashinuvi va inson resurslarini rivojlantirish dasturlari orqali odamlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, mintaqada tinchlik, farovonlik va barqarorlikni ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqadi”, deydi matbuot kotibi.
Avvalroq, “Politico” gazetasi Amerika yetakchisi Vetnamda ikki tomonlama “strategik sheriklik” to‘g‘risidagi bitimni imzolash niyatida ekani haqida xabar bergan edi. Uning manbalariga ko‘ra, kelishuv "Vetnamning yuqori texnologiyali sektorni, jumladan yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish va sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlariga hissa qo‘shadigan yangi ikki tomonlama hamkorlikka" imkon beradi. Bitimlar “yaqin diplomatik, iqtisodiy va texnologik hamkorlikka yo‘l ochadi”, deb yozgan nashr. Qayd etilishicha, bu harakat “Pekin bilan keskinlik kuchaygan bir paytda Xanoyni Vashingtonga yaqinlashtirish”ga qaratilgan.
LiveBarchasi