Bayden saylov poygasidan chiqish shartini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden sog‘lig‘ida muammo bo‘lsa, saylovdan voz kechishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari BET telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

CBS News Amerika Prezidenti bilan BET telekanaliga bergan intervyusidan bir parchani e’lon qildi – intervyu to‘liq shaklda bugun, 17 iyul kuni efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

CBS telekanalida chop etilgan qisqa parchada Bayden qanday sharoitlarda prezidentlik poygasidan chiqishi haqidagi savolga javob berdi.

“Agar menda qandaydir kasallik bo‘lsa, shifokorlar kelib, sizda falon muammo bor, deb aytishsa, saylovdan voz kechishim mumkin ”, deya ta’kidladi Bayden.

Eslatib o‘tamiz , oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlari poygasidan uni faqat Xudogina chetlata olishini aytgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

saylov Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing