Bayden Saudiya qirolining ko‘nglini xotirjam qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbatda Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyat muhokama qilindi, shuningdek, har ikki davlat global energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlash majburiyatini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika Prezidenti va Saudiya Arabistoni qiroli “mintaqadagi voqealar rivoji va ikki tomonni qiziqtirgan masalalarni” muhokama qilgan. Bayden, xususan, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha cheklovlarni tiklash bo‘yicha davom etayotgan ko‘p tomonlama muzokaralar haqida gapirgan.

“Prezident Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’minlashga sodiqligini ta’kidladi”, deyilgan xabarda.

Liderlar Yamandagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Prezident va qirol Yaqin Sharq mintaqasi va Yevropaga taalluqli masalalarni muhokama qilgan va ularning yordamchilari kelgusi haftalar va oylar davomida yaqin hamkorlikda qolishiga kelishib olgan.

Qayd etilishicha, ikkala yetakchi ham AQSH va Saudiya Arabistonining global energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlashga sodiqligini ta’kidlagan.

Avvalroq, Jo Bayden Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali uning Rossiya va Ukrainadagi muzokaralarini muhokama qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Saudiya qiroli

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing