Makron Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvlari to‘g‘risida Baydenga “hisob berdi” 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 9 fevral kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali uning Rossiya va Ukrainadagi muzokaralarini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bergan.

“Rahbarlar Prezident Makronning Rossiya va Ukrainadagi uchrashuvlarini muhokama qildi. Shuningdek, ular Ukraina bilan chegarada Rossiya kuchlarining to‘planishiga javob berish doirasida ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda olib borilayotgan diplomatik va oldini olish harakatlari haqida gaplashdi”, deyiladi AQSH ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan bayonotda. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 7 fevral kuni Makron rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi va u yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ularning uchrashuvi besh soatdan ortiq davom etdi. Ertasi kuni Fransiya Prezidenti Kiyevga uchib, u yerda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Makron har ikki tomonni so‘zda ham, amalda ham xotirjam bo‘lishga chaqirgan. U Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvlaridan so‘ng Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar oldinga siljishi mumkinligini hamda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi keskinlikni pasaytirish uchun aniq amaliy yechimlar mavjudligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Zelenskiy Bayden Makron

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing