Bayden saratondan davolanishni boshlaganini e’lon qildi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden saraton kasalligini davolash uchun unga buyurilgan dori-darmonlarni qabul qila boshlaganini aytdi. Bu haqda u kecha, 30 may kuni Delaverdagi tadbirda so‘z ochdi.

U yetakchi jarroh bilan ishlayotganini ta’kidladi.

“Prognoz yaxshi. Biz hamma narsa ustida ishlayapmiz. Hammasi oldinga siljiydi va men o‘zimni yaxshi his qilyapman. Hammasi juda optimistik”, deydi Bayden.

Sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, kasallik hech qanday a’zoga, jumladan suyaklarga ham ta’sir qilmagan.

Jo Bayden, shuningdek, davolanish “olti hafta davomida bitta maxsus tabletka” olishni o‘z ichiga olishini aytdi. Keyin u boshqa dori ichishni boshlaydi.

Sobiq prezident vakillarining xabar berishicha, 16 may kuni shifokorlar Jo Baydenga suyaklarga metastaz bergan prostata saratoni tashxisini qo‘yishgan. Ularning fikriga ko‘ra, kasallikning agressiv shakliga qaramay, uni gormonlar bilan davolash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, may oyining o‘rtalarida Baydenga prostata saratoni tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘lgandi. “The Washington Free Beacon”ning xabar berishicha, kasallik allaqachon to‘rtinchi bosqichga o‘tgan. Kasallik Baydenning suyaklariga o‘tib ketgan va bu kasallikning eng xavfli bosqichi, uni davolab bo‘lmaydi. Shu bilan birga, onkologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar zamonaviy tibbiyot bunday tashxis qo‘yilgan bemorlarga yaqinda bo‘lgani kabi oylar emas, balki yillar davomida yashashga imkon berishini ta’kidladi. Oq uyning sobiq shifokori va hozirgi respublikachi kongressmen Ronni Jekson urologlarga tayanib, Baydenning bir yildan 18 oygacha umri borligini istisno qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

saraton Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing