Bayden Rossiyada qamoqda bo‘lgan Gershkovichning oilasi bilan uchrashdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden 29 aprel kuni Rossiyada josuslikda ayblanib, hibsga olingan “The Wall Street Journal” gazetasi muxbiri Evan Gershkovichning qarindoshlari bilan uchrashdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden va mamlakat birinchi xonimi Jill Bayden Evan Gershkovich oilasi bilan norasmiy uchrashuvda qatnashgan. Amerika rahbari xususan, jurnalist Ella Milman va Mixail Gershkovichning ota-onasi, shuningdek, uning singlisi Daniel Gershkovich bilan uchrashgan. 

Oq uy matbuot xizmati, shuningdek, Bayden va uning rafiqasi o‘sha kuni amerikalik basketbolchi Britni Griner va uning rafiqasi Sherel bilan uchrashganini qo‘shimcha qilgan. Greyner Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasi uchun sudlangan edi. 2022 yilning dekabrida sportchi Moskva va Vashington o‘rtasida qurol savdosida ayblanib, AQSHda qamoq muddatini o‘tayotgan rossiyalik Viktor Butga almashish kelishuvi natijasida AQSHga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Gershkovichni Amerika tomonining ko‘rsatmasi asosida Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plaganlikda ayblab, hibsga olgan edi. Unga qarshi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (josuslik) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan edi. WSJ va AQSH hukumati bu ayblovlarni rad etgan, davlat departamenti esa Rossiyadagi Amerika fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqirdi. 2 aprel kuni esa AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali gaplashib, jurnalistni ozod etishni talab qildi. 10 aprel kuni AQSH Davlat departamenti “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni nohaq hibsga olingan, deb e’lon qildi va mazkur qadam jurnalistni almashish bo‘yicha muzokaralar olib borishga potensial yo‘l ochishi aytildi. Gershkovichning aybi isbotlansa, u Rossiyada 20 yilgacha qamalishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Evan Gershkovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made