Bayden Rossiya va Xitoyga qarshi ittifoqchilarini tanladi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari bilan videokonferensiya orqali uchrashishi haqida xabar bergandik.  

Kecha, 25 mart kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Kengashi sammiti davomida Jo Bayden Amerika tomonining Yevropa Ittifoqi bilan Rossiya va Xitoyga oid masalalarda birgalikda ishlash istagi borligini e’lon qildi. Bu haqda Oq uy xabar bermoqda.  

"Prezident, shuningdek, Xitoy va Rossiyani o‘z ichiga olgan umumiy tashqi siyosiy manfaatlar bo‘yicha birgalikda ishlash istagini bildirdi. Bundan tashqari, u AQSH va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Turkiya, Janubiy Kavkaz, Sharqiy Yevropa va G‘arbiy Bolqon doirasida hamkorlikni davom ettirish zarurligini ta’kidladi", deyilgan xabarda. 

Uchrashuv davomida Bayden kuchli Yevropa Ittifoqi "AQSH manfaatlariga javob berishini" ta’kidlagan. 

U Yevropa Ittifoqi bilan umumiy muammolarni hal qilishda, shu jumladan COVID-19 pandemiyasi va iqlim o‘zgarishi tahdidiga qarshi kurashda hamkorlikni yoqlagan. 

Bundan tashqari, Amerika rahbari jahon arenasidagi "o‘zini tutish qoidalari" avtokratik emas, balki demokratik rejimlar tomonidan o‘rnatilishi kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy Bayden

Baholaganlar

534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing