Bayden Rossiya va Xitoy rahbarlariga taklifnoma yubordi
Olam
−
27 mart 2021
13944AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga iqlim bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun taklifnoma yubordi. Bu haqda "Associated Press" manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Amerika Prezidenti Xitoy rahbari Si Szinpinni ham ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif qilgan.
Jo Baydenning o‘zi ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.
Siyosatchi ushbu masala bo‘yicha hali Rossiya va Xitoy rahbarlari bilan gaplashmaganini ta’kidlagan.
"Hozircha yo‘q, lekin ular taklif qilinganlarini bilishadi", degan Bayden.
Davlat rahbari Vashington ushbu tadbirni joriy yil aprel oyida onlayn formatda o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.
Avvalroq, Bayden Amerika tomonining Yevropa Ittifoqi bilan Rossiya va Xitoyga oid masalalarda birgalikda ishlash istagi borligini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi