Bayden Rossiya bilan muammoli masalalarni muhokama qilishga va’da berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya bilan barcha muammoli masalalarni muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, Oq uy rahbari allaqachon Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘liq barcha muammoli masalalar to‘g‘risida ma’lumot berishlarini so‘ragan. 

Bayden Rossiya tomoni bilan aloqalarida bu kabi muammoli masalalarni ko‘tarishdan "tortinmaslikka" ishontirgan. 

Siyosatchi, shuningdek, Vashington Moskva bilan strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish masalasida hamkorlik qilishi mumkinligini yana bir bor ta’kidlagan. 

Bayden bu AQSH manfaatlariga mos kelishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avval ham AQSHning yangi Prezidenti ma’muriyati Rossiya bilan tuzilgan strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnomani besh yilga uzaytirishi haqida ma’lumot berilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma Rossiya va AQSH tomonidan 2010 yilda imzolangan. Bu ikkala tomonning strategik hujum qurollarini qisqartirishni o‘z ichiga oladi. U o‘n yil muddatga tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing