Rossiyada slavyan bo‘lmaganlar hibsga olinyapti – Chupik

Olam

image

Avvalroq, huquq himoyachisi  Valentina Chupik O‘zbekiston va qirg‘izistonlik mehnat muhojirlari ham Rossiya aeroportlari va nazorat-o‘tkazish punktlarida ommaviy ravishda qo‘lga olinayotganini ma’lum qilgandi. 

Uning aytishicha, oxirgi paytlarda sodir bo‘layotgan voqealar Rossiya hukumatining slavyan bo‘lmaganlarni hibsga olishga va qiynoqqa solishga ijozat berayotganidan dalolat beradi. Taniqli migrantlar huquqi himoyachisi bu haqda 2 may kuni "Ozodi" radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Kecha va bugun (1-2 may) odamlarning hibsga olinishi haqida hech qanday ma’lumot olmadim. Yana bir bor ta’kidlayman, bosimlarga faqat Tojikiston fuqarolari duch kelmayapti. Tojiklar noqonuniy hibsga olinganlarning chorak qismini tashkil qiladi, xolos. Ularning qariyb yarmi o‘zbekistonliklardir. Qirg‘iziston fuqarolarining soni ham tojiklarnikidan kam emas. 

Menda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning barcha yo‘lovchilari hibsga olingan. Armaniston va Ozarbayjondan kelganlar ham qo‘lga olingani haqida xabarlar bor. Boshqacha aytganda, slavyan bo‘lmaganlar tazyiqqa uchrayapti. Bu sof rus natsizmi. Fuqarolik asosida kamsitish irqchilik emas. 

Muammo shundaki – samolyot Tojikistondan slavyan qiyofasidagilarni olib kelganida, ular to‘siqsiz kiritilayotganini ko‘ryapmiz. Boshqalarga esa mamlakatga kirishga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, menda slavyan bo‘lmagan Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishiga ruxsat berilmagani haqida xabar bor. Bu fuqarolar 18 soatdan ortiq tekshirilganidan keyingina eshiklar ochilgan. Bu degani – agar siz oq yuz va ko‘k ko‘z bo‘lmasangiz shubhasiz shubha ostidasiz", degan Chupik. 

Chupikning qo‘shimcha qilishicha, eng yomoni qo‘lga olingan muhojirlar oddiy insoniy ehtiyojlaridan ham mosuvo qilinib, qiynoqqa solinadi. 

"Ko‘ryapmizki, Rossiya posbonlari bu odamlarni ovqatlantirmaydi va hojatxona bilan ta’minlamaydi. Sud esa ushbu munosabatni oqlashni boplaydi – "ular xavfsiz joyda saqlangan, hech kim ularga zarar bermagan" va hakozo kabi. Hattoki qo‘l telefonlari tekshirish bahonasida olib qo‘yilgan muhojirlarda qarindoshlari bilan bog‘lanish imkoniyati ham yo‘q", deydi huquq himoyachisi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Valentina Chupik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing