Bayden Rossiya bilan bevosita mojarodan qochishni xohlaydi – Blinken
Olam
−
04 Oktabr 2023
5660Ukraina inqirozi avj ola boshlaganidan beri AQSH Prezidenti Jo Bayden Vashingtonni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortmaslikka harakat qilmoqda. Bu maqsad uning "yo‘lchi yulduzlaridan" biridir. Bu haqda kecha, 3 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xyustondagi (Texas) Rays universitetida so‘z ochdi.
"Birinchi kundan boshlab Prezident Baydenda ikkita "yo‘lchi yulduz" bor edi. Birinchisi, biz [Qo‘shma Shtatlar] Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va boshqa mamlakatlarni ham xuddi shunday qilishga majbur qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimizga ishonch hosil qilish. Ikkinchisi esa Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga yo‘l qo‘ymaslik, chunki bunday mojaro hech kim istamaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa amerikaliklarning xavfsizligiga yomon ta’sir qiladi", degan Blinken.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Bayden Ukraina masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishda aynan shu ikki ustuvor yo‘nalishga sodiq qoladi.
Blinkenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar harbiy operatsiyalarni qanday o‘tkazish bo‘yicha qarorlarni Kiyevga qoldiradi, ammo Vashington hech qachon Ukrainani hududlaridan tashqariga zarba berishga undamagan.
LiveBarchasi